JCH-2022 saralashi. Avstraliya pley-off o'yinida BAAni mag'lub qildi. Hal qiluvchi o'yin Peruga qarshi bo'ladi

Administrator
8 iyun 2022
JCH-2022 saralashi Osiyo mintaqasi pley-off o'yinida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi to'qnash keldi.

O'yinning oxirgi daqiqalarida g'alaba golini kiritgan Avstraliya terma jamoasi hal qiluvchi o'yinga yo'llanma oldi. Endi Avstlariya 13 iyun kuni Peruga qarshi kurash olib boradi. G'olib jahon chempionatiga yo'l oladi.

 Ma'lumot uchun, BAA va Avstraliya o'rtasidagi o'yinni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshqarib bordi.

BAA - Avstraliya 1:2 

Gollar:  Jekson Irvayn - 53', Kaio Kanedo Korrea - 57' Aydin Xrustich - 84'


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia