

Ikkala jamoaning ushbu bahs uchun asosiy tarkiblari ma'lum qilindi.
Meksika - JAR 2:0
Gol: 9 - Xulian Kinones, 67 - Raul Ximenes (Roberto Alvarad)
12 iyun, 00:00 | "Acteka" stadioni
Meksika – Ranxel, Reyes, Montes, Vaskes, Galyardo, Fidalgo (Mora, 66), Lira (Alvares, 76), Guterres (Chaves, 66), Alvarado, Kinones (Vega, 79, Ximenes (Gonsales, 76).
JAR – Uilyams, Okon, Mudau, Sibisi, Mbokazi, Mokuna, Sitole, Adams (Zvane, 61), Modiba (Appollis, 77), Foster (Mbata, 56), Rayners (Makgopa, 77).
Ogohlantirishlar: Guterres 23 – Mokuna 17, Sibisi 74.
Chetlatish: Montes 90+2 – Sitole 49, Zvane 84.
Uchrashuv yakunlandi. Qiziqali kechgan bahsda Meksika mundialning ochilish uyida o'z maydonida JARni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, meksikaliklar ochilish o'yinlaridagi nohush ananasiga kech qo'ydi. Ular birinchi marta mundialning ochilish o'yinida g'alaba qozonishdi. Bundan avvalgi 7 ta bahsning hech birida g'alaba qozonmagandi.

Yo'q hakam VARni ko'rmadi, VARdagilar qarorini to'g'ri deb hisoblashdi va braziliyalik hakamni manitor yoniga chaqirmadi ham
90+2. Hakam mezbonlar futbolchisiga ham qizil ko'rsatdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Sesar Montes qizil olmoqda. Bu vaziyatni ham katta ehtimol bilan VAR ko'radi
90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalish uchun 7 daqiqa qo'shib berdi

84. VAR tekshiruvidan so'ng braziliyalik hakam Temba Zvanega qizil kartochka ko'rsatdi
82. VAR bugungi uchrashuvda ilk bor ishga tushdi. JARning ikkinchi futbolchisi qizil olishi mumkin.
77. Va shuningdek, Ugo Broos ham tarkibda ikkita o'zgarish amalga oshirmoqda. Makgopa va Appollis Reyners va Modibaning o'rniga maydonga tushishdi
76. Alvares va Gonsales Lira va Ximenesni almashtirishdi
74. Nkosinati Sibisi markazdagi qo'poligi uchun ogohlantirildi
73. Raul Ximenes raqib maydonchasida yiqildi, biroq braziliyalik hakam ushbu vaziyatda penaltiga etarli emas deb hisobladi

67. GOOOL. Raul Ximenes oxiri o'z maqsadiga etdi. Qanotdan uzatilgan ideal uzatmadan so'ng mezbonlar hujumchisi hisobni oshirdi
66. Xilberto Mora va CHávez maydonga tushdi, ular Guterres va Fidalgoni alishtirishdi
61. Adams uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga Temba Zvane maydonga tushdi. Maydonga tushgan futbolchi ayni vaqtda maydonda harakat qilayotgan mehmonlar safidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida milliy jamoa safida 12 ta gol bor.
57. Foster maydoni tark etdi, uning o'rniga Talente Mbata maydonga tushdi
55. Modibaning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
Qizil kartochkadan so'ng to'liq ustunlik mezbonlar tomoniga o'tib ketdi

50. Chetlatish. O'zi mag'lub bo'layotgan JAR endi yanada qiyinchillika uchraydigan bo'ldi. Sfefelo Sitxole so'nggi umid qo'poligini amalga oshirdi va chetlatildi
48. Xulian Kinonesning bu safargi zarbasini darvozabon ushlab oldi
46. JAR futbolchilari birinchi goldan to'g'ri xulosa chiqarmadi shekli. Darvozabon yana bir bor himoyachini qiyin ahvolga tushirib qo'ydi. Bu safar mezbonlar o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ushbu 45 daqiqalik birinchisidan ham qiziqarli bo'lishiga ishonamiz
Tribunalardagi yorqin liboslar - JCH klassikasi. Muxlislar ham ushbu JCH uchun ajoyib tayyorgarlik ko'rishibdi


Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:0 mezbonlar g'alaba qozonmoqda. Umuman olganda esa uchrashuv ancha qiziqarli o'tmoqda
45+3. Brian Guterres sal qolsa hisobni o'zgartirishi mumkin edi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi
45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berdi
45. JAR futbolchilari uchrashuvdagi ilk aniq zarbasini amalga oshirdi. Mbokazining uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi

43. Gol muallifi dubl qayd etishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi ustunga tegmoqda. Bo'lim so'nggida mezbonlar ikkinchi gol uchun juda jiddiy harakat qilishmoqda
42. Ronven Uilyamsdan super seyv. Ximenisning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
35. Mehmonlar darvozaboni juda yaxshi harakat qildi. Qanotdan uzatilgan to'pni Ronven Uilyamsni ushlab oldi
34. Uchrashuvning 3/1 qismi yakunlandi. Goldan so'ng asta sekinlik bilan JAR ham ancha tezlashdi. Biroq hozircha ulardan zarba yo'q
Qiziq ma'lumot. Bugun Meksika noxush anaanga yakun yasashi mumkin. Yani meksikaliklar shu vaqtgacha 7 marta Jahon chempionatlarida ochilish uchrashuvlarida maydonga tushgan va hozircha hech bir bahsda g'alaba qozona olmagan. Mezbonlar shu vaqtga qadar o'yinlarning 5 tasida mag'lub bo'lgan bo'lsa, yana 2 tasida durang o'ynagan. Duranglardan bittasini 2010-yilda aynan JARga qarshi bahsda erishilgan
26. Ogohlantirish. Brian Guterres qo'poligi uchun ogohlantirildi

17. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi va musobaqadagi ilk sariq kartochkani Teboho Mokoena oldi. U markazdagi qo'poligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi
13. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar juda yaxshi harakat qilishmoqda. Ular goldan tashqari bir necha bor yaxshi vaziyatlar yaratishdi. JAR esa hozircha ancha sust harakat qilishmoqda
Ma'lumot uchun, Xulian Kinones Saudiya Arabistoning "Al Qodisiya" jamoasi hujumchisi hisoblanadi. Aynan Xulian Kinones yakunlangan mavsumda Ronaldu, Benzema kabi nomlar bo'lishiga qaramasdan musobaqa to'purari bo'lgan.
9. GOOOL. Pressing o'z ishini berdi. Mezbonlardan raqib maydonining oldida raqibdan to'pni olib qo'yishdi va Xulian Kinones hisobni ochdi. Xulian joriy JCHdagi ilk golni urdi va tarixga kirdi

5. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat. Qanotdan uzatilgan to'pdan so'ng Raul Ximenes kuchli va aniq zarba yo'lladi. Bu yerda afrikaliklar darvozabonidan super seyv
"Acteka" stadioni stadioni bugun to'liq to'lgan. Ushbu stadionda O'zbekiston MTJ ham o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi. 18 iyun kuni "oq bo'rilar" Kolumbiyaga qarshi aynan ushbu stadionda bahs olib boradi
Vilton Sampaio xushtagi chalindi va JCH-2026 musobaqasi rasman boshlandi!!

Bu JCHning o'ziga xosligining yana biri. Har bir uchrashuvdan oldin jamoalar to'liq 26 talik tarkib bilan maydonga chiqib kelishmoqda
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Endi har ikki terma jamoaning davlat madhiyalari stadionda yangraydi



