

Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Mourinyuning "Benfika" bilan shartnomasida taxminan 6 million evro miqdorida tovon puli bandi bo'lgan. Ushbu bandning amal qilish muddati mavsum tugaganidan keyin 10 ish kuni o'tgach. Xabar qilinishicha, "Real" Mourinyu bilan allaqachon kelishib bo'lgan, biroq klubdagi prezidentlik saylovlari sababli ushbu bandni vaqtida faollashtira olmagan.
Madrid klubida prezidentlik saylovlari yakshanba kuni, 7 iyunda bo'lib o'tadi. Amaldagi prezident Florentino Peresdan tashqari, unda 37 yoshli tadbirkor Enrike Rikelme ham ishtirok etmoqda.



