Infantino 2027 yilgi FIFA prezidentlik saylovida ishtirok etish niyatini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 17:25
FIFA prezidenti Janni Infantino Kanadada bo'lib o'tgan 76-FIFA Kongressida 2027 yilgi FIFA prezidentlik saylovida qatnashishi haqida ma'lumot berdi.

"FIFA prezidentlik saylovi davri bugundan boshlanadi. Bu men uchun sharaf. Sizga, delegaciya vakillariga, kelasi yili bo'lib o'tadigan FIFA prezidentlik saylovida nomzodlardan biri bo'lishimni aytmoqchiman", – dedi Infantino.

56 yoshli Infantino 2019 yildan beri FIFAni boshqarib kelmoqda. FIFA prezidenti etib tayinlanishidan oldin 2009 yil oktyabr oyidan UEFA Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN