

O'yindan keyin "Respublika FA" bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Yaxshi, kurashlarga boy uchrashuv kechdi. Har ikki jamoa g'alaba uchun maksimal harakat qildi. O'yindan o'yinga futbolchilarimiz o'sib boryapti. Bu gapni doim takrorlayapman. Xarakter o'syapti, ruhiy tomondan va yakkakurashlarda rivojlanyapmiz. Biz xohlagan jihatlar amalga oshayotganidan xursandmiz. Bugungi natijani yomon deb o'ylamayman. Agar so'nggi daqiqadagi vaziyat golga aylanganida g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Biz xarakter ko'rsata oldik va g'alabaga yaqin edik.
- Ko'p epizodlarda shogirdlaringizga maydon chetida ko'rsatma berib turdingiz. Har narsaga reakciya bildirish futbolchilar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkinmi?
- E'tibor bergan bo'lsangiz, mening harakatlarimda negativ yo'q, iloji boricha o'zimni pozitiv tuaman. Balki qayerdadir hakamlarga yoki boshqa epizodlarda negativ bo'lishi mumkin, lekin bu emociyadan. Ammo jamoamga va umuman o'yinga o'z fikrimni negativ bildirmayman. Maqsadim yigitlarni ruhlantirish. Bu yoshda futbolchilarning ruhiyati tez tushib qolishi mumkin. Yakkakurashlarda ham yutqazsak ruhiyat tushib ketadi. Men maydon chetida ularga ko'mak berishni xohlayman. Nasib qilsa, o'z o'yinimizni qurib olsak, xotirjam futbol tomosha qiladigan payt ham keladi.



