Jamoliddin Rahmatullaev: "Maqsadimiz - terma jamoalarga va Superliga jamoalariga yaxshi futbolchilarni etkazib berish"

admin
8 okt 2026, 18:35
Proliga 21-turidan o'rin olgan “Yaypan” bilan uchrashuvdan (2:1) keyin Respublika FA bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'ylaymanki, juda ham chiroyli o'yin bo'ldi, chunki ikkala jamoa ham to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radigan, qisqa paslar bilan hujumlarni uyushtirib, to'pni nazorat qiladigan jamoa edi. Gollar ham qisqa paslar bilan uyushtirilgan hujumlar orqali yuzaga keldi. Albatta, yigitlar maksimum harakat qilishdi. Xalqaro turnirdan keyin yana Proliga o'yinlari boshlanib ketgani bois ko'p yigitlarda charchoq alomati sezildi.

- Jamoani to'p bilan ko'proq amaliyot olib borishga yo'naltirdingiz. Bu aynan o'u o'yin uchun tanlangan taktikamidi yoki o'zi o'yin uslubingiz shunaqami?

- O'zi o'yinlarimizni kuzatib yurgan jamoalar ham biladi, hattoki o'sha oldi qatorlarda yurgan “Aral” bilan o'ynaganda ham yoki boshqa musobaqaning lider jamoalari bilan o'ynaganda ham, doim to'pni nazorat qilishga urinamiz. Sababi ko'p bor takidlaganimizdek, maqsadimiz - terma jamoalarga va Superliga jamoalariga yaxshi futbolchilarni etkazib berish. Shu sababli oldimizga qo'ygan futbolni har qanaqa raqibga, har qanaqa holatda tatbiq qilishga harakat qilamiz.

- O'yin uslubingizga mos keladigan futbolchilarni o'ynatyapsizmi yoki hamma futbolchiga imkon darajasida imkoniyat beryapsizmi?

- Yil boshida, jamoani shakllantirayotganimizda futbolchilarni viloyat akademiyalaridan yig'ganmiz. Terma jamoadagi raqobatni kuchaytirish uchun zaxirani kattartirishga ham harakat qilamiz.

- O'yin paytida hakam qaroridan juda ko'p norozi bo'ldingiz. Bu o'yin paytidagi emociyamidi yo boshqa sabab bormi? Hakamga qanday baho berasiz?

- Tan olish kerakki, hakam jiddiy va qo'pol xatoga yo'l qo'ymadi, lekin mayda epizodlarda bizga qarshi hushtak chalingani uchun ozgina emociyalarga berilib ketdim.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia