

Murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag'lub bo'ldi.
- Jahon chempionati boshqa daraja, u yerda o'ynash juda qiyin edi. Bunday turnirga birinchi marta chiqyapmiz. Bu biz uchun tajriba. Umid qilamanki, keyingi jahon chempionatlarida yaxshiroq o'ynaymiz.
- Nega ochko ololmadingiz?
- Biz o'zimizga unchalik ishonmadik, hayajonda edik. U yerda yuqori darajadagi futbolchilar o'ynaydi, ko'pchiligi esa Chempionlar ligasi g'oliblari.
- Kannavaroning ishini qanday baholaysiz?
- O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarda mag'lub bo'lishida Fabioning aybi yo'q. Biz jismoniy jihatdan yaxshi holatda edik. Kannavaroning yordamchilari bizga ko'p narsani o'rgatishdi. Futbolchilarning bunday ishtirokiga o'zlari aybdor, - dedi "Rubin" himoyachisi.



