Kannavaro: "Ko'p gapiradigan bazi jurnalistlar afsuski matbuot anjumaniga kelishga o'zida kuch topa olmadi"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 14:11
Bugun, 5 avgust kuni O'FA majlislar zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

“Ko'p gapiradigan bazi jurnalistlar afsuski matbuot anjumaniga kelishga o'zida kuch topa olmadi. Kamera oldida, o'z studiyasida gapirish oson, lekin bu erga kelib, savollar bilan yuzlanish hammaga ham emas. Italiyada 64 mln. odam yashaydi va ularning barchasi murabbiy. O'zbekistonda 40 mln. fuqaro va 40 mln. murabbiy bor. Hammaning o'z qarashi va taktik fikrlari bor. Men JCHdan keyin hech qaerga qochib ketganim yo'q. Oxirigacha jamoa bilan birga edim, ayolim etiroz bildirgani uchun 1 oy uyda oilam bilan bo'ldim. Sentyabrda yana ko'rishamiz. Ha, aytgancha, Davron (tarjimon) hali ham biz bilan ishlayapti” - dedi Kannavaro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif