Ixtiyor Karimov: “O'z imkoniyatlarimizdan foydalanmadik”

Aslanov Jasurbek
17 okt 2026, 20:13
Proliganing 23-turidan o'rin olgan “G'azalkent” - “Sho'rtan” (2:1) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Ixtiyor aka, uchrashuv haqidagi fikrlaringiz... 

- Uchrashuv yaxshi o'tdi. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalanmadik. “G'azalkent” jamoasi o'z imkoniyatlaridan foydalanib, g'alabaga erishdi, biz ularni tabriklaymiz.

- Yuriy Klachkov boshida yaxshi o'ynayotgandi, hozir nima uchun oldingidek ko'rinmayapti? 

- Yaqinda o'zi jarohatdan qutulib chiqdi va o'tgan o'yinda ham 45 minut vaqt berdik, bu o'yinda ham 45 minut berdik, asta-sekin yana asosiy tarkibga tushadi degan umiddamiz.

- Ikkinchi taymda ham jamoada bir qancha imkoniyatlar bo'ldi, ulardan foydalanishda nima bo'ldi, aynan nimada kamchiliklar bo'ldi deb o'ylaysiz?

 - Aynan o'sha imkoniyatlardan foydalanish, oxirida aniq pas berishda xato qildik va shuning evaziga yutqazdik deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia