Ispaniya futbol federatsiyasi "Barselona" AQSHda o'yin tashkil etishiga rozi. Endi UEFAning ruxsati kerak

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025
Ispaniya futbol federatsiyasi La Liganing "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi milliy chempionat uchrashuvini Mayamida o'tkazish haqidagi arizasini maqulladi.

Federatsiya bu so'rovni UEFAga yuborishga rozi bo'ldi. Endi UEFA yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.

Gap 17-tur o'yini haqida ketmoqda. Ushbu o'yin 20 dekabrga belgilangan.

"Barselona" afsonasi Lionel Messi hozirda Mayamida yashaydi, Devid Bekxemga tegishli mahalliy "Inter" klubi shu erda o'ynaydi.

So'nggi yillarda Ispaniya Superkubogi uchun o'yinlarni mamlakatdan tashqarida o'tkazish amaliyoti qo'lanmoqda. Milliy chempionat o'yini esa hech qachon chetda o'tmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC