

"Hamma qatori meni ham hafsalam pir bo'ldi. Finalga chiqish, mamlakatimizga yana bir bor orzu qilish imkoniyatini berish va tarixga kirish bizning bosh maqsadimiz edi… Endi biz bu mag'lubiyatni boshimizni baland ko'targan holda qabul qilishimiz kerak. Bu juda katta alam va tushkunlik, buni so'z bilan tariflab berolmayman. Endi kuch to'plashimiz, tatilga chiqishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak. Futbol hech kimni kutib turmaydi, klub va xalqaro miqyosda hali ko'plab voqealar sodir bo'ladi", - deya Mbappening so'zlarini keltiradi "RMC Sport" "M6" nashriga tayanib.



