"Tarix ularni ruhlantiradi". Tuxel - JCH-2026 yarim finalidagi Angliya - Argentina bahsi haqida

15 iyul 2026, 09:25
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi jahon chempionati yarim final uchrashuvi oldidan Argentina terma jamoasi haqida gapirdi.

"Men Argentinaning bazi futbolchilarini taniyman va ularga murabbiylik qilganman. Men buni his qilyapman va bu yaqqol ko'rinib turibdi - ularda o'ziga xos kuchli energiya bor. Bu ular mag'lubiyatga uchrayotganda yoki o'yinlar keskin tus olganda juda seziladi. Ularni mag'lub etish qiyin. Bu - haqiqat. Ular kuchli jamoa va deyarli to'rt yil oldingidek tarkibga ega. Jamoadagi birdamlik va ularning qanday qurbonliklarga tayyorligi ko'rinib turibdi. Ular yutqazayotganda sarosimaga tushib qolishmaydi va o'z uslublariga ishonishadi. Ularning o'yin uslubi juda ehtirosli. Qatarda ham shunday edi, hozir ham shunday. Ularda o'sha murabbiy ishlamoqda.

Va, albatta, tarix ham ularni ruhlantiradi va ular uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz aynan shunday qarshilikni kutmoqdamiz va bunga to'qnash kelamiz. Lekin biz ham xuddi shunday ehtiroslimiz. Bizda bunga qarshi tura oladigan iroda va zarur mentalitet mavjud. Va biz bunga tayyormiz", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi "The Telegraph".

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph