Islom Ahmedov: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni ko'rsatdik"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 00:29
"Andijon" - "Olimpik-Mobiuz" uchrashuvidan so'ng (2:2) mezbonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanda ishtirok etdi.

Islom Ahmedov: “Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni ko'rsatdik. Asosiysi g'alabaga erishdik. Yoshlar jamoasida motivaciya ko'proq bo'ladi. Ular o'zidan yaxshi jamoani mag'lub etishga ko'proq urinishadi. Buni yigitlarga tushuntirgandik, lekin baribir raqibni mensimaslik sezildi. Ko'plab hujumlar tashkil qildik, ularni yakunlay olmadik.

- Martin Boakeni birinchi bo'limdan so'ng zaxiraga olishingizga nima sabab bo'ldi?
- Markazdagi to'p nazoratini raqibga berib qo'yayotgan edik. Shu sabab uning o'rniga Dragan Cheran orqali masalani hal qilishga urindik.

- “Olimpik-Mobiuz” Proliganing o'rtamiyona jamoasi, “Andijon” esa Superligada ishtirok etadi. Asosiy vaqtda ularni mag'lub etish uchun nima yetishmadi?
- Har qanday raqibni hurmat qilish kerak. Yigitlar bo'shashishdi. Raqibda esa “o'ynash mumkin ekan” degan taassurot paydo bo'ldi. Bunga o'zimiz aybdormiz. Keyin shoshishni boshlab, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik.

- Penaltilar seriyasi uchun futbolchilar tanlab qo'yganmidingiz?
- Yo'q, biz asosiy vaqtda g'alaba qozonishni reja qilgandik. Yigitlarning o'zi seriyada penalti tepish xohishini bildirishdi.

- 5 kundan so'ng “Nasaf”ni qabul qilasiz. Tayyorgarlik jarayoni uchun rejalaringiz qanday?
- Bugun ko'p kuch yo'qotdik. Tiklanishga e'tibor qaratamiz va xatolarimiz ustida ishlaymiz.

- “Paxtakor”ga qarshi bahsdan so'ng Andronikashvili tarkibda ko'rinmay qoldi. U qachon safga qaytadi?
- Futbolchimiz oxirgi uchrashuvlarni jarohat bilan o'tkazayotgan edi. Shifokorlar unga dam berish kerakligini aytishdi. Hozir u davolanish jarayonini Gruziyada o'tkazmoqda. Andronikashvili “Nasaf”ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytmaydi, FIFA kunlaridan so'ng jamoamizga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia