Andrey Miklyaev: "Futbol o'ynay olishimiz mumkinligini isbotlashga urindik va buni uddaladik deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 00:14
"Andijon" - "Olimpik-Mobiuz" uchrashuvidan so'ng (2:2) mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev matbuot anjumanda ishtirok etdi.

Andrey Miklyaev: “Bugungi o'yin hammaga yoqdi. Kubok bahslari doim shunday “harorat”da o'tadi. Bugun futbol o'ynay olishimiz mumkinligini isbotlashga urindik va buni uddaladik deb o'ylayman. Shaxsan menga o'yin yoqdi. 0:2 ni 2:2 ga aylantira oldik. Yutishimiz ham mumkin edik. Penaltilar seriyasi - lotereya. Yigitlar xafa, kimlardir yig'layapti. “Andijon”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman.

- Oxirgi daqiqalarda darvozabon almashtirganingiz foyda bermadi…
- Mashg'ulotlarda bu posbon penaltilarni yaxshi qaytarardi. Xato qildik, menimcha.

- Yaponiyada o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlariga ketgan futbolchilar yo'qligi jamoaga ta’sir qildimi?
- 4 nafar futbolchimiz va jamoamiz bosh murabbiyi olimpiya terma jamoasiga jalb qilingan. Ularga omad tilaymiz. Biz esa o'z vazifamizni bajarishda davom etamiz.

- Jamoa bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Proligada esa negadir “Olimpik-Mobiuz” oqsayapti, sababi nima?
- Yangi mavsum oldidan jamoamizni 8 nafar futbolchi tark etdi. Ularning o'rniga boshqalar kelishdi. Yangi futbolchilar jamoaga ko'nikishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Oxirgi transfer oynasida Abdug'afur Haydarov “Dinamo”ga o'tdi. Bu ham yo'qotish. Biz esa yangi futbolchilarni tarbiyalashda davom etamiz.

- Bugungi bahsda “Olimpik-Mobiuz” safida andijonlik futbolchilar ham to'p tepishdi. Ularning o'yinidan mamnunmisiz?
- Bu yigitlar asosiy tarkib futbolchilari. Albatta, ularning o'yinidan ko'nglimiz to'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia