Infantino: JCH ishtirokchilari sonini 64 tagacha ko'paytirish haqidagi savolga javob berdi

12 iyul 2026, 09:15
FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 ta jamoagacha ko'paytirish foydali bo'ldimi-yo'qmi, degan savolga javob berdi, shuningdek, bu boradagi ehtimoliy o'zgarishlar haqida gapirdi.

- Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 ta jamoagacha ko'paytirish to'g'ri qaror bo'ldi, deb ayta olamizmi?

- Ha, 100 foiz! Jamoalar sonini 48 taga etkazish ulkan muvaffaqiyat bo'ldi, ularning har biri eng yuqori darajada ishtirok etdi. Har bir qitadan kelgan terma jamoalar gol urishdi va kamida bittadan ochko jamg'arishdi. Afrikaning 10 ta jamoasidan 9 tasi pley-off bosqichiga yo'l oldi. O'tgan jahon chempionatida atigi beshta Afrika terma jamoasi bor edi. Bu ishlar turnir ishtirokchilari qatoriga barcha jamoalarni qo'shish qanchalik muhimligini ko'rsatish - ularga bu yerda o'ynash imkoniyatini berish uchun qilinmoqda.

- Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta jamoagacha etkazish mumkin degan fikrlar ham bor.

- Bu masala amaldagi jahon chempionatidan keyin tegishli yig'ilishlar doirasida albatta o'rganiladi va muhokama qilinadi. Dunyo birinchiligini tashkil etishda nafaqat Yevropa va Janubiy Amerikaning, balki butun dunyoning manfaatlarini hisobga olish muhimdir. Barcha xalqlarga jahon chempionatida ishtirok etishdek orzusini amalga oshirish imkoniyatini berish kerak. Jamoalarning darajasi juda yuqori ekanligini, u butun dunyo bo'ylab yanada o'sib borayotganini hamma ko'rdi. Agar kichik davlatlar terma jamoalariga dunyo birinchiligida qatnashish imkoni berilmasa, ularda yanada kuchli bo'lish uchun motivaciya qolmaydi, - deya Infantinoning so'zlarini keltiradi Bluewin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bluewin