

Avvalroq, norvegiyaliklar Jud Bellingemning birinchi golini inobatga olmaslik kerakligiga ishonchi komil ekanligi xabar qilingandi. Chunki Norvegiya terma jamoasi darvozaboni Eryan Nyuland to'pni uzoqlashtirganidan so'ng, to'p o'rgimchak-kamera (pauk-kamera) trosiga tegib, inglizlarning oyog'iga borib tushgan va ular golli hujumni boshlashgan edi.
"Angliya terma jamoasining Norvegiya bilan o'yindagi 45+2-daqiqasida kiritgan golidan oldin, Connected Ball tizimidagi datchik to'p parvozi vaqtida uning "yurak urishi" (tebranishi) yuqori nuqtaga chiqqanini qayd etmadi. Shu tariqa, to'p maydon tepasidagi osib qo'yilgan trosga tekkani va shu sababli o'z traektoriyasini o'zgartirganiga hech qanday dalil topilmadi", - deyiladi FIFAning X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida qoldirilgan bayonotida.
Turnirning yarim finalida Angliya terma jamoasi Argentina – Shveytsariya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.



