"Balki u Xoland va Edegorga qarshi qanday o'ynashni bilmas". Bellingem - Tuxelning tanqidi haqida

12 iyul 2026, 08:40
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH-2026 chorak finalidagi Norvegiyaga qarshi o'yindan (2:1) so'ng bosh murabbiy Tomas Tuxel tomonidan aytilgan tanqidlarga javob qaytardi.

Avvalroq Tuxel jamoa bu o'yinda o'z hayotini o'zi qiyinlashtirib yuborganini aytgandi.

"Balki u bunday sharoitda Erling Xoland, Martin Edegor, Antonio Nusa, Syorlot kabi futbolchilarga qarshi o'ynash qanday bo'lishini bilmas. Bu raqobatlashish uchun umuman oson bo'lmagan jamoa. Shuning uchun, bilasizmi, menimcha, biz ijobiy muhit yaratishga harakat qildik va turnirning hal qiluvchi bosqichi oldidan xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak", - deya Bellingemning so'zlarini keltiradi TNT Sports.

Bellingem ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TNT Sports