Infantino O'zbekiston milliy terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi

2 iyul 2026, 22:00
FIFA prezidenti Janni Infantino o'zining instagramdagi rasmiy sahifasida JCHdagi ilk ishtiroki uchun O'zbekiston MTJga minnatdorchilik bildirdi.

“Siz butun dunyoga va o'z yurtingizdagi insonlarga har qanday katta orzu amalga oshishi mumkinligini isbotladingiz.

FIFA Jahon chempionatidagi ilk golingizni stadionda o'z ko'zim bilan ko'rganim uchun, o'sha lahzada siz va muxlislar qanday hayajonni boshdan kechirganingizni juda yaxshi bilaman.

Ishonchim komilki, bu tarixiy tajriba O'zbekistonda futbolning yanada rivojlanishiga katta turtki beradi. Kelajakda sizlarga omad tilayman!”, - deb yozadi u.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia