

JCH, ¼ final
Argentina – Shvecariya 3:1
Gollar: 10 - Aleksis Mak Allister, 67 - Dan Ndoye, 112 - Xulian Alvares, 120+1 - Lautaro Martines
Argentina: 23. Emiliano Martines, 26. Nauel Molina (4. Gonsalo Montel, 85’), 13. Kristian Romero (19. Nikolas Otamendi, 106’), 6. Lisandro Martines, 3. Nikolas Talyafiko (15. Nikolas Gonsales, 78’), 5. Leandro Paredes (21. Xose Lopes, 110’), 7. Rodrigo De Paul (22. Lautaro Martines, 85’), 20. Aleksis Mak Allister, 24. Enco Fernandes (16. Tyago Almada, 91’), 10. Lionel Messi, 9. Xulian Alvares.
Zaxira: 1. Xuan Musso, 12. Xeronimo Ruli, 2. Markos Senesi, 25. Fakundo Medina, 8. Valentin Barko, 11. Jovani Lo Chelso, 14. Eksekiel Palasios, 18. Nikolas Pas, 17. Juliano Simeone.
Shveytsariya: 1. Gregor Kobel, 4. Niko Elvedi, 5. Manuel Akandji, 13. Rikardo Rodriges (18. Eray Jyomert, 90+5’), 6. Denis Zakariya (14. Ardon Yashari, 96’), 8. Remo Froyler (17. Ruben Vargas, 115’), 10. Granit Jaka, 15. Jibril Sou (3. Silvan Vidmer, 86’), 22. Fabian Rider (2. Miro Muxaym, 86’), 11. Dan Ndoye (23. Zeki Amduni, 86’), 7. Bril Embolo.
Zaxira: 12. Ivon Mvogo, 21. Marvin Keller, 24. Orel Amenda, 25. Luka Xakes, 20. Mixel Ebisher, 16. Kristian Fassnaxt, 19. Noa Okafor, 26. Sedrik Itten.
Ogohlantirishlar: 44, 72 - Bril Embolo, 97 - Tyago Almada, 98 - Lautaro Martines, 114 - Xose Lopes
Chetlatish: 72 - Bril Embolo (ikkinchi sariq kartochka)
🕘 120+4. O'yin yakunlandi, Argentina yarim finalda! Raqib - Angliya!
120+2. O'yin taqdiri hal bo'ldi, Argentina yarim finalda.

⚽️ 120+1. GOL! Lautaro hisobni oshirdi! Argentina qarshi hujumga o'tib ketdi, Almadaning zarbasini Kobel qaytardi, keyingi zarbani Martines berdi va bu aniq bo'ldi!
120. Qo'shimcha bo'limlarning so'nggisiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
118. Shvecariya hozircha kutilganidek hujumlarga borolmayapti, imkoniyat qoldirmayapti ularga Argentina.
113. Shvecariya nima qila oladi buyog'iga?!

⚽️ 112. GOL! Alvaresdan super gol! Xulianning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi!
112. Messining uzoqdan yo'llagan zarbasini Kobel qaytardi.
110. Argentina yana to'p nazoratini o'ziga olgan holda hujum qilishga intilmoqda.
🕛 106. So'nggi bo'lim boshlandi!
🕘 105+1. Dastlabki qo'shimcha bo'lim yakunlandi.
105. Uchinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.
105. Yasharining uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
103. Messining jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.
99. Jakaning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
95. Almadaning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi…
94. Argentina to'liq to'pni nazorat qilmoqda, biroq hozircha xavfli vaziyat yarata olishmadi.
🕛 91. Dastlabki qo'shimcha bo'lim boshlandi.
🕘 90+10. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi, navbat qo'shimcha bo'limlarga.
90+8. Martines juda qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi, Kobeldan ajoyib seyv!
90+2. Messining zarbasi noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.
89. Mak Kalister darvozagacha taxminan 5 metrlardan zarba berdi, biroq gol urolmadi…
85. Messi juda qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, ammo gol urolmadi…
78. Argentina qisqa tanaffusdan so'ng o'zgarish amalga oshirdi.
75. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
73. Shvecariya endi buyog'iga nima qilar ekan, kuzatamiz…

🟥 72. Bril Embologa ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi va jamoasini bir kishi kam bo'lib qolmoqda…
71. Ushbu holat esa VARda ko'rilmoqda.
70. Embolo simulaciya ishlatgani uchun sariq kartochka olishi mumki. Bu esa uning uchun ikkinchisi bo'ladi!
68. Buyog'iga endi o'yin “yonadi”.

⚽️ 67. GOL! Ndoye hisobni tenglashtirdi! Dan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib aniq zarba yo'lladi!
66. Jakaning zarbasini ham Emiliano qaytarib yubordi.
65. Yana Shvecariya oldinga chiqdi, Ndoyning bosh bilan bergan zarbasini Martines qaytardi.
60. Chap qanotdan uzatilgan to'pni Embolo bosh bilan darvozaga yo'lladi, Martines ushlab oldi.
52. Navbatdagi zarba Xuliandan, biroq to'p raqib futbolchisiga tegib, maydondan chiqib ketdi.
50. Molina yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
43. Froylerning jarima zarbasidan tepgan to'pi o'ta noaniq ketdi.
38. Yevropaliklar sekin-asta hujumlar uyushtirishga intilmoqda, biroq hozircha xavfli vaziyat yarata olishmayapti.
31. Embolo oldinga o'tdi va Martinesga urilib, yiqildi, bosh hakam qoida buzilmaganini bildirdi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
20. Souning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Martines ushlab oldi.
17. Argentinaliklar to'p nazoratini to'liq o'ziga oldi.
11. Tezkor gol urildi, endi Shvecariya ham oldinga o'tishi aniq.

⚽️ 10. GOL! Mak Kalister hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Aleksis bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi!
9. Mak Kalisterning zarbasi rekoshetga uchragach, to'p maydondan chiqib ketdi.
7. Jakaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
3. Ilk daqiqalarni Janubiy amerikaliklar biroz sarosimada, yevropaliklar esa faolroq boshlashdi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 chorak finalidan o'rin olgan Argentina – Shvecariya uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz.



