Figu FIFA haqida: "Infantino ketishi kerak"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 19:17
Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimini tark etishi kerak deb hisoblaydi.

O'tgan hafta FIFA jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun yangi tijoriy tuzilma - FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratmoqchi ekani ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidi fonvida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.

"Men FIFA muammolari haqida 10 000 so'z yozishim mumkin edi. Lekin echim atigi uchta banddan iborat: Infantino ketishi kerak. Men butun hayotim davomida futbolni sevganman. Men 20 yil davomida professional o'yinchi bo'lganman. Ishoning, kareram davomida ko'plab nopok odamlarni uchratganman. Lekin so'nggi 10 kun ichida ko'rganim - bu men shu vaqtgacha kuzatgan eng past, eng yolg'onchi va qo'rqoqlarcha manfaatparast xatti-harakatdir. Bunday ishga qo'l ura oladigan odam - faqat o'zi va do'stlarini boyitish maqsadida shunday ulkan o'zgarishlarni o'tkazishga urinayotgan shaxs futbolning o'tmish sarqiti hisoblanadi va unga futbol kelajagida o'rin yo'q. Agar bu shunchalik yaxshi g'oya bo'lsa, nega jahon chempionati finali oldidan bir xonaga to'planganingizda bu haqda tashkilotingiz a'zolariga gapirib bermadingiz? Agar bu shunchalik puxta o'ylangan reja bo'lgan bo'lsa, nega ularning xavflari hamda siz ustunlik deb atayotgan jihatlari haqida gapirib bermadingiz? Agar bu sxema aniq-ravshan bo'lganida, nega oxir-oqibat yiliga 30 million dollar maosh oladigan ishga ega bo'lishingizni ochiqchasiga aytmadingiz? Lekin bularning hech biri qilinmadi. Chunki bu yomon g'oya. Xususiy investiciya fondlari har doim intiladigan vayronkor foyda haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmasangiz, bu ishonchli g'oya emas. Ulushingizni sotganingizdan keyin u butunlay yo'qolib ketishini va vorislaringizni Jahon kubogiga egalik qilish huquqidan mahrum qilishingizni tushuntirmasangiz, bu jasur g'oya emas. Va nihoyat, Jahon kubogini Vashingtondagi do'stlaringizga likopchada tutqazganingizdan keyin ular sizga hozirgi maoshingizdan besh barobar ko'p daromad taminlaydigan ish berishini tilga olmasangiz, bu nohaqlikdir", – deb yozdi Figu o'z kolonnasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia