

O'yin haqida fikringiz...
Menimcha, tomosha qilishga arzigulik o'yin bo'ldi, chunki ikkala jamoa ham yaxshi va hujumkor futbol namoyish etdi. Shu bois, har ikki tomon ham ko'proq gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'ylaymanki, o'yinni ko'rish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar bundan juda mamnun bo'lishdi.
Bugun Superligadagi beshinchi golingizni urdingiz. Mavsumdagi natijangizdan qoniqdingizmi?
Bilasizmi, gol urish doim yaxshi, ammo futbol faqat gol urish yoki golli uzatma amalga oshirishdan iborat emas. Eng muhimi – jamoaga yordamingiz tegishi. Ammo gol urgan lahza, albatta, o'zgacha his-tuyg'u paydo bo'ladi. Ayniqsa, hujumchiga yanada ko'proq ishonch bag'ishlaydi.



