Holand yirik aviakompaniyani sudga berdi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 13:00
Norvegiyalik yulduz hujumchi Erling Holand mashhur aviakompaniyani qiyofasidan noqonuniy tijoriy maqsadda foydalanganlik uchun javobgarlikka tortmoqchi.

"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi yulduzi Norvegiyaning Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasiga qarshi rasmiy davo arizasi bilan chiqib, kompaniyani o'z obrazidan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi. Bu haqda nufuzli “Voetbal International” nashri xabar tarqatdi.

Yuridik nizoga reklama kampaniyasi sabab bo'ldi: aviakompaniya samolyot fyuzelyajiga futbolchining mashhur soch turmagi - uning oq-sariq soch o'rimini stilizaciya qilingan holda joylashtirgan. Illyustraciya "samolyotlar hech qachon bu qadar norvegcha ko'rinishga ega bo'lmagan" mazmunidagi shior bilan birgalikda taqdim etilgan.

Hujumchining manfaatlarini advokat Tomas Xagen himoya qilmoqda. Uning takidlashicha, ushbu marketing kampaniyasi mualliflik huquqi va sportchining imij huquqlarini qo'pol ravishda buzish hisoblanadi. Holandning vakillari bu qadamni o'zgalar mashhurligidan noqonuniy tijoriy foydalanish deb hisoblamoqda, chunki hujumchi aviakompaniya reklamasida o'z brendidan foydalanishga hech qachon rozilik bermagan.

Qayd etish joizki, Holand shaxsiy huquqlari va ro'yxatdan o'tgan tovar belgilarini himoya qilish masalasida o'ta sinchkov bo'lib, joriy mavsumda 26 yoshli to'purar Yevropa maydonlarida fenomenal natijalar ko'rsatishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Voetbal International