

Bor-yo'g'i 4 kun avval ushbu raqibga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan liberiyaliklar bu safar o'z maydonida muxlislariga haqiqiy bayram taqdim etdi.
Samuel Kanon Dou nomidagi stadionda o'tgan bahsda ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng Liberiya uchun g'alaba suv va havodek zarur edi. Muhammad Odil Erradi shogirdlari bu vazifani a'lo darajada uddalashdi:
47-daqiqada Divayn Tianing qanotdan uzatgan to'pidan so'ng Kpa Sherman boshi bilan aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.
86-daqiqada Uilyam Gibsonning bosh bilan uzatmasini “Qo'qon-1912” hujumchisi Silvanus Nimeli chap oyoqda golga aylantirib, o'yinga nuqta qo'ydi - 2:0.

Shu tariqa, Liberiya terma jamoasi mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'yib, saralash bosqichidagi ilk 3 ochkosini qo'lga kiritdi.



