

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, kelishuv yakunlangan va o'tishning barcha tafsilotlari kelishib olingan. Qayd etilishicha, "Real" 30 yoshli futbolchining shartnomasidagi 20 million evro miqdoridagi tovon pulini faollashtiradi. Niderlandiyalik futbolchi ham "Real"ga o'tishga rozilik bergani takidlanmoqda. Rasmiy tasdiq yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.
Yakunlangan mavsumda Dumfris barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.



