Romano "Manchester Yunayted"ning yangi transferi haqida xabar berdi va ikki futbolchi ketishini tasdiqladi

3 iyun 2026, 08:25
"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson transferini yakunladi.

U mankunianliklarning shu yozdagi yarim himoya chizig'i uchun dastlabki xaridi bo'ladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" xavbeklari Kazemiro va Manuel Ugarte jamoani tark etadi.

Avvalroq, Ederson "Manchester Yunayted" bilan 2030 yilning iyunigacha mo'ljallangan, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati (2031 yilgacha) mavjud bo'lgan shartnoma imzolashi xabar qilingandi. Transfer summasi 40,5 million evroni tashkil etadi, yana 4,5 million evro esa bonuslar tariqasida ko'zda tutilgan.

Ederson 2022 yilning yozidan buyon "Atalanta"da to'p surib kelmoqda. O'tgan mavsumda 26 yoshli markaziy yarim himoyachi klub safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda qatnashdi. Ularda Ederson 3 ta gol urishga va 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi. Braziliyalik futbolchining qiymati Transfermarkt portali tomonidan 45 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano