Rikelme "Real" prezidenti bo'lsa, Raulni sport direktori qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2026, 16:35
"Real" prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme saylovda yutib chiqsa, Raulni sport direktori etib tayinlashni rejalashtirmoqda.

"Ha, bu allaqachon hal qilingan kelishuv. U ispan. Bu loyiha va klubning hozirgi holati uchun biz o'sha qadriyatlarga, o'sha DNKga qaytishimiz kerak. Bu ajoyib professionallar bilan birga bo'lgan "Real" afsonasi bo'lishi kerak. "Real" safida 740 dan ortiq o'yin o'tkazgan, 16 mavsum davomida 300 dan ortiq gol urgan odam... "Oq uy"ni undan yaxshiroq biladigan hech kim yo'q. Va bu biz tanlagan odam. Bu lavozimga undan-da mosrog'i mavjud emas", – dedi tadbirkor.

2.jpg

Rikelmening ma'lum qilishicha, u Raulni ko'ndirgan. 48 yoshli sobiq futbolchi 2025 yilning yoziga qadar "Real Madrid Kastilya" jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlagandi.

Avvalroq Rikelme Mikel Artetani bosh murabbiy etib tayimoqchi ekani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena SER