Guberniev O'zbekistonning JCH–2026dagi ishtirokini baholadi: "Birinchi qadam doim ham muvaffaqiyatli bo'lmaydi"

28 iyun 2026, 18:34
"Match TV" sharhlovchisi Dmitriy Guberniev O'zbekiston terma jamoasining JCH–2026dagi ishtirokini baholadi.

Bu O'zbekistonning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk ishtiroki bo'ldi. Terma jamoa guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda mag'lub bo'lib, o'z guruhida so'nggi o'rinni egalladi. Guruh bosqichidagi eng yomon natija esa Iroq terma jamoasi hisobiga qayd etildi.

"Birinchi qadam doim ham muvaffaqiyatli bo'lmaydi. Jamoada yetakchi bo'lishi kerak bo'lgan futbolchilar bor edi, ammo afsuski, ular yakkakurashlarda raqiblariga yutqazishdi. Individual mahorat jihatidan ham O'zbekiston terma jamoasi raqiblaridan kuchsizroq edi.

Balki jamoaga yanada ko'proq fidoyilik yetishmagandir. Ammo qanday bo'lmasin, terma jamoaga ko'rsatgan o'yini uchun rahmat aytish kerak", - dedi Guberniev.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Матч ТВ"