

34 yoshli daniyalik futbolchi bilan 2027 yilning yoziga qadar amal qilishi kerak bo'lgan bitim tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan bekor qilindi.
"Hozir men uchun Daniyada, oilam yonida bo'lish muhim. Birgalikda echim topganimizdan xursandman. "Volfsburg"dagi davrim ko'plab ko'tarilish va pasayishlarga boy bo'ldi. Bundesligaga qaytish yo'lida hozir klub ishonchli qo'llarda ekanini bilaman va "Volfsburg"ni muvaffaqiyatli kelajak kutayotganiga aminman. Klubda va Volfsburgda yonimda bo'lgan barchaga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz uchun o'ynash menga katta zavq bag'ishladi va bu davrni iliq xotiralar bilan eslayman", – deya Eriksenning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Eriksen 2025 yilning sentyabridan beri "Volfsburg" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U Germaniya klubi safida 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu yilning iyun oyida Daniya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Eriksen hushini yo'qotgandi. O'sha vaqtdan beri u maydonga tushmadi. 2021 yilgi Evro-2020 bahsida hushidan ketganidan so'ng yarim himoyachining tanasiga implantaciya qilinadigan kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan.



