

"Ushbu turnirda biz juda ko'p yaxshi vaziyatlar va omadli o'yinlarni o'tkazdik hamda yana bir bor yarim finalgacha yetib keldik. Biz maqsad ostonasida turganimiz haqida gapiryapmiz - marraga juda yaqinmiz, faqat turnirning so'nggi qismida bizga etmay qolayotgan o'sha kichik bir detalni topishimiz kerak, xolos.
Bu kabi turnirlar odamni juda charchatadi: ular katta jismoniy kuch talab etadi, ulkan bosim ostida o'tadi va ruhiy bardoshni sinovdan o'tkazadi. Biz birga bo'lgan shu 6-7 hafta davomida iroda va chidamlilik ko'rsata oldik, lekin bizga hali ham o'sha so'nggi hal qiluvchi nuqtani qo'yish yetishmayapti", - dedi Keyn "BBC" efirida.



