"Galatasaroy" maydon chimi bilan bog'liq muammolar sabab "Samsunspor"ga qarshi o'yinni boshqa stadionga ko'chirdi

Sherzod Nurmatov
19 noya 2026, 14:30
"Galatasaroy" Turkiya chempionati 12-turidan o'rin olgan "Samsunspor"ga qarshi uy uchrashuvini o'z arenasidagi maydon chimini yangilash ishlari tufayli boshqa stadionda o'tkazadi.

Bu haqda Istanbul klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv 21 noyabr kuni "Bashakshehir Fotih Terim” stadionida bo'lib o'tadi. Dastlab o'yin "Galatasaroy"ning uy arenasi - "Rams Park"da o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Klub bahs o'tkaziladigan joy o'zgargani uchun muxlislardan uzr so'radi.

"Galatasaroy" 11 ta o'yinda 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Samsunspor" esa 7 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif