

Guruhlar va jamoalar
Bu yilgi Osiyo chempionatida 12ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingan:
A guruhi: Yaponiya, Tailand, Iroq, Bahrayn.
B guruhi: Eron, Afg'oniston, Livan, Vetnam.
C guruhi: O'zbekiston, Ummon, Saudiya Arabistoni, BAA.

Kecha 1-tur uchrashuvlariga start berildi va A guruhining dastlabki ikkita bahsi o'tkazildi.
Yaponiya - Bahrayn 8:3
Tailand - Iroq 5:4

Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz ilk turni Ummon termasiga qarshi o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 13:30da start oladi.

Tarkibimizda kimlar bor?
13 noyabr kuni sohil futboli bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov Osiyo Kubogida ishtirok etadiganlar ro'yxatini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Ravshan Eliboev, Akmaljon Hazratqulov.
Maydon o'yinchilari: Farhod Qodirov, Dilmurod Shavkatov, Mamasharif Halimov, Boymuhammad Ro'zimurodov, Husanxon G'aniev, Ilyos Mallaev, Amal Uvraimov, Quvonchbek Jahonov, Farhod Abdumavlonov, Sarvar Shoahmedov.


O'zbekiston qanday natija ko'rsatgan?
Sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha 6 marta ishtirok etgan bo'lib, eng yaxshi natijamiz chorak final hisoblanadi. Terma jamoa hisobida hozircha 21 o'yinda 5ta g'alaba va 16ta mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 72-94.
Musobaqa tarixi haqida
Sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionati ilk bor 2006 yil tashkil qilingan bo'lib, BAA mezbolik qilgan. Umuman olganda BAA to'rt marta musobaqa mezboni bo'lgan. Qatar ikki marta, Ummon va Malayziya bittadan mezbonlik qilgan. 2019 yildan beri Osiyo chempionati qatorasiga 5 marta Tailandda o'tkazib kelinmoqda.
2006. BAA
2007. BAA
2008. BAA
2009. BAA
2011. Ummon
2013. Qatar
2015. Qatar
2017. Malayziya
2019. Tailand
2021. Tailand
2023. Tailand
2025. Tailand
2026. Tailand

Sovrindor jamoalar
Sohil bo'yicha Osiyo chempionatida eng ko'p chempion Eron hisoblanadi. Forsliklar hisobida to'rtta oltin medal bor. Yaponiya uch marta chempion bo'lgan, BAA esa ikki bor zafar quchgan. Shuningdek, Ummon va Bahrayn hisobida bittadan oltin medal bor.
O'tgan yil finalda Eron Ummonni mag'lub etib, o'z tarixida to'rtinchi kubokni qo'lga kiritgandi. Bu yilgi musobaqa nizomiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa va eng yaxshi uchinchi o'rin egalaridan ikkita jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Ushbu Osiyo chempionatida Nayim Qosimov bosh hakam, Baxtiyor Namazov hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi. Terma jamoamizga va vakillarimizga omad tilab qolamiz.



