

"Ar-Riyoziya" nashrining xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Yens Vissing 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar jamoasidan olti nafar o'yinchini asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb qilgan.
Ular Karim Hindoviy, Yosin Ol Jobir, G'asson Baabdulloh, Muhammad Hazoziy, Abdulloh as-Sahliy va Abdulmajid Ayyashdir.
Germaniyalik mutaxassis bunday qarorga jarohatlar va ayrim futbolchilarning milliy terma jamoalari ixtiyoriga ketgani sababli kelgan.
18 noyabr kuni "Al-Ittihod" Jiddada birinchi divizion vakili "Al-Ula" bilan yopiq o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Jorj Ilenixena va Yan-Karlo Simich mualliflik qildi.
Shuningdek, uzoq vaqt jarohat sabab maydonga tushmagan himoyachi Ahmad Sharahili ham mazkur bahsning ikkinchi bo'limida ishtirok etdi. Murabbiylar shtabi uning jismoniy holatini baholab bormoqda.
"Al-Ittihod"ning malialik yarim himoyachisi Muhammadu Dumbiya esa jamoaviy mashg'ulotlarga bosqichma-bosqich qaytayotganiga qaramay, o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmadi. Uning to'liq tiklanishi dekabr oyi oxirida kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Al-Ittihod" va "Paxtakor" o'rtasidagi OCHL Elit 5-tur uchrashuvi 23 noyabr kuni Jiddadagi "Al-Inma" stadionida bo'lib o'tadi.
To'rt turdan keyin saudiyaliklar 4 ochko bilan G'arb mintaqasi musobaqa jadvalida 10-o'rinda bormoqda.



