"Final yosh futbolchilar uchun tajriba va reklama bo'ladi. Husniddin Aliqulov katta yo'qotish". Sobiq "Nasaf"chilar final oldidan nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
3 noya 2021
Ro'ziqul Berdiev murabbiyligidagi "Nasaf" jamoasi OFK kubogi-2021 finalida Bahraynning "Al Muharrak" klubi bilan to'qnash keladi.

Barcha tarix takrorlanishini intiqlik bilan kutmoqda. Biz esa o'sha tarix ishtirokchilaridan fikrlar olishda davom etamiz. Darvozabon Eldor Suyunov va himoyachi Sherzod A'zamov final oldidan qiziqarli mulohazalarni yuritishdi. 

Eldor Suyunov - Nasib qilsa, "Nasaf"dan faqat ijobiy natija kutmoqdaman. Chunki bu jamoaga befarq emasman. "Ajdarlar" mavsumning finishini juda kuchli sport formasida o'tkazmoqda. Buni oxirgi yillar ko'rsatib turibdi. Maydonda qaysi futbolchi katta sahnaga chiqadi? Shuni aytishim mumkinki, "Nasaf"da jamoaviy o'yin juda kuchli yo'lga qo'yilgan. Shu bois biror futbolchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Tarixiy natija takrorlanishini kutmoqdaman. Jamoaning yosh futbolchilari uchun final haqiqiy tajriba va reklama bo'ladi. Ushbu uchrashuv orqali nasib bo'lsa, 2-3 futbolchi legioner bo'lishini tilab qolaman. Finalda favorit, autsayder, mezbon yoki mehmon degan tushunchalar o'z kuchini yo'qotadi. Xudodan omad tilab qolaman. Bunda katta ishtiyoq, g'alabaga bo'lgan ishonch, xohish asosiy planga chiqadi. 

Sherzod A'zamov - Finalda imkoniyatlar teng. Bitta o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Nasaf" yutishiga umid qilaman va jamoaga omad tilayman. Menimcha Husniddin Aliqulov juda katta yo'qotish, deb o'ylayman. Boisi standart vaziyatlarda Aliqulovda ustunlik bo'lardi. Himoya va hujumda boshi bilan yaxshi harakat qiladi.



Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g'alaba kutaman" 

Abdulaziz Iskandarov


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia