

- Fabio Kannavaro Rossiya terma jamoasini "agressiv va ixcham jamoa" deb tarifladi. Tayyorgarlik jarayonida O'zbekistonning qaysi kuchli jihatlarini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Raqibni ertaga qanday bartaraf etishni rejalashtirayotganimizga kelsak, avval maydonda ko'rib, his qilib, o'rganib olish kerak bo'ladi. 2022 yildagidan farqi bor, albatta. Menimcha, bu eng avvalo ancha intizomli jamoa, shunday desam adashmagan bo'laman. Qolaversa, umuman boshqa darajadagi futbolchilar paydo bo'lgan.



