Konstantin Tyukavin: "Husanovga qarshi o'ynab, nimalarga qodir ekanligimni bilib olardim"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 23:00
Rosiya terma jamoasi a'zosi Konstantin Tyukavin O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqidagi savolga javob berdi.

- Konstantin, Husanov Rossiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligidan xabar topganingizda qanchalik ranjidingiz? Husanovga qarshi o'ynab ko'rishga qanchalik qiziqayotgandingiz?

- Xafa bo'ldim deya olmayman-u, lekin shunday zo'r himoyachiga qarshi o'ynash yaxshi imkoniyat bo'lardi. O'zim nimalarga qodir ekanligimni ko'rib olar edim. Lekin tushunishimcha, u ertangi o'yinda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia