Ferdinand Kerrik haqida: "Maykl ko'proq vaqtga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 22:32
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Maykl Kerrik jamoadagi vaziyatni o'nglash uchun ko'proq vaqtga munosib edi, deb hisoblaydi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "MYU" Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlash borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

"Kerrik - mening do'stim. Biz "Vest Xem"da birga o'sdik, Angliya terma jamoasida birga o'ynadik, faoliyatimizni "Manchester Yunayted"da birga o'tkazdik, birga g'alaba qozondik va yutqazdik, shuning uchun uni do'stim deb atayman. Bu mavsumni kuzatish og'ir bo'ldi.

O'tgan mavsum u kelib klubni qutqargani, ishonch bag'ishlab, jamoani CHLga olib chiqqani go'yoki bir ertak edi. Joriy mavsumda esa barchasi ostin-ustun bo'lib ketgandek. O'yin, ruhiy holat va o'ziga bo'lgan ishonch u endigina kelgan paytdagi holatiga qaytib qoldi.

Men o'z fikrimda qatiyman va u ko'proq vaqtga munosib, deb hisoblayman. Sababi, bir zumda xaloskorga aylanib, bir nechta o'yindan so'ng ishdan bo'shatilib ketish mumkin emas. U qiyin damlardan o'tish va futbolchilarga o'zlarini boshqa tomondan ko'rsatish imkonini berish uchun ko'proq vaqtga loyiq edi", - dedi Ferdinand o'zining YouTube-kanalida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic