"Manchester Yunayted" futbolchilari Pochettinoning bosh murabbiy etib tayinlanishi ehtimolidan norozi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 21:57
"Manchester Yunayted"ning qator o'yinchilari argentinalik Maurisio Pochettinoning klubga tayinlanishi mumkinligidan norozi bo'lishmoqda.

talkSPORT nashrining xabar berishicha, futbolchilar "MYU" bosh murabbiyi postida ingliz Maykl Kerrikni ayni paytda "Aston Villa"ni boshqarayotgan Unai Emeri almashtirishidan umidvor bo'lishgan.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar"ning bir qismi Emerini Pochettinoga qaraganda kuchliroq murabbiy deb hisoblaydi. Futbolchilar aynan ispaniyalik mutaxassis jamoani boshqarishini kutishgan edi. Qayd etilishicha, "Yunayted"ga tez orada "Villa" bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turgan Emerini klubni tark etishga ko'ndirish juda qiyin bo'lgan.

Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" rahbariyati Monakoda uchrashuv o'tkazib, unda Kerrikning taqdirini hal qilishi va Pochettino uning o'rniga asosiy da'vogar ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT