Filipp Lam: "PSJ qimmatbaho eksponatlar turadigan hashamatli do'konni eslatyapti"

Sherzod Nurmatov
23 mar 2023
Germaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Filipp Lam PSJ muammolari haqida gapirdi.

"Bu juda qimmat jamoa hamma hayratga tushadigan, lekin hech kim sotib ololmaydigan qimmatbaho eksponatlar turadigan hashamatli do'konga o'xshaydi. PSJ futbolchilari qanday qilib jamoaviy gol urishni va umumiy muvaffaqiyatga qanday hissa qo'shishni bilishmaydi", – dedi Lam.

PSJ 28-turdan keyin Liga 1 turnir jadvalida 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kristof Galte shogirdlari "Marsel"dan 7 ochkoga oldinda borishyapti. Qolaversa, parijliklar 1/8 finalda "Bavariya"ga yutqazib (0:1; 0:2), Chempionlar Ligasidan chiqib ketishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian