Ikkita super klub "Bavariya" yulduzi Oliseni o'z safiga qo'shib olmoqchi

6 sen 2026, 16:25
Myunxenning "Bavariya" klubi fransiyalik vingeri Maykl Olise Yevropaning ikkita top-klubi manfaatlari doirasida.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

24 yoshli yarim himoyachiga Madridning "Real" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Myunxen grandi o'z navbatida Oliseni 200-230 million evroga baholamoqda.

Germaniya Bundesligasining o'tgan mavsumida Maykl 32 ta uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya" va fransiyalik futbolchi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Ekremkonur