

To'rtta qadrdon harfni pul qilishga qaratilgan boshqa urinishlar esa barbod bo'lmoqda.
Futbol bo'yicha Jahon chempionatiga atab Netflix o'z platformasida FIFA World Cup: Launch Edition o'yinini chiqardi - eng yirik futbol tashkiloti bilan hamkorlikda yaratilgan bu o'yinni smartfon orqali boshqarish taklif qilingan edi.
"Bizning yangilangan o'yinimiz haqiqatdan ham raqamli futbolning yangi davri boshlanishidan darak beradi", - degan edi FIFA prezidenti Janni Infantino Netflix matbuot relizida. Biroq relizdan so'ng loyiha tanqidlarga uchradi va raqobatchilar fonvida haqiqatdan ham yomon ko'rindi. Endi esa uning mualliflari studiyasi deyarli to'liq tarkibda ishdan bo'shatildi: Refactor Games taxminan 80 kishini yoki o'z shtat xodimlarining 85 foizini qisqartirdi.
Bunga moliyalashtirishning to'satdan to'xtatilishi sabab bo'ldi. LinkedIn'dagi sobiq xodimlarning so'zlariga ko'ra, ular ogohlantirishsiz ishdan bo'shatilgan - qisqartirishlar e'lon qilingan umumiy yig'ilish 31 iyul kuni bo'lib o'tgan. Netflix jurnalistlarga vaziyat bo'yicha izoh berishdan bosh tortdi.



