"Arsenal" va "Nyukasl" Gimaraes transferini 75 million funtga kelishib oldi. Havbekka tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berildi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 15:26
Bruno Gimaraes "Arsenal"ga o'tishga yaqin.

"Arsenal" yarim himoyachi Bruno Gimaraesning transferi bo'yicha "Nyukasl" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Sky Sports News. Klublar 75 million funt sterling miqdoridagi bitimni kelishib olishdi. Braziliyalik futbolchiga londonliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun borishga ruxsat berildi. Avvalroq "qarg'alar" kapitani "Nyukasl" bilan birga Ispaniyada mashg'ulot yig'inida edi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi APLning 29 ta o'yinida 9 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports News