"Valensiya" Vinisius haqidagi hujjatli film tufayli Netflix'ni sudga berdi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025
"Valensiya" Netflix kompaniyasini Vinisius Junior haqidagi hujjatli filmda yolg'on ma'lumot tarqatishda ayblamoqda.

Filmda aytilishicha, "Mestalya"dagi muxlislar "mono" (maymun) deb hayqirgan, ammo klub "tonto" (ahmoq) so'zi aytilganini davo qilmoqda.

Klub tuzatish kiritishdan bosh tortilganidan keyin sudga davo kiritgan. "Valensiya" tovon puli, subtitrlarni tuzatish va sud qarorini e'lon qilishni talab qilmoqda.

Karlo Anchelotti avvaliga stadionni irqchilikda ayblagan, biroq keyinroq bu butun arena tomonidan yangramaganini ta'kidlab, uzr so'ragandi. 

3 nafar muxlis Vinisiusni irqiy haqoratlagani uchun 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ispaniyada bir necha bor irqchilikka duchor bo'lgan futbolchining o'zi o'sha uchrashuvda yig'lab yuborgan va maymuncha imo-ishoralar qilgan muxlis bilan janjallashib qolgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN