Fabio Kannavaro terma jamoada "kalamush" borligi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 12:50
Bugun, 5 avgust kuni O'FA majlislar zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjuman davomida Kannavaro milliy jamoaga oid yolg'on ma'lumotlar tarqatilgani haqida gapirdi.

“Kimdir rosa ko'p yolg'on ma'lumot tarqatgan. Balki xorijlik murabbiy bo'lganim uchundir. Biz amal qilgan qoidalarni men o'ylab topmaganman. Bu Yevropa standarti. Nima sababdan yolg'on ma'lumot tarqatishganini tushinmadim. Avvalgi murabbiy mahalliy ajoib mutaxassis bo'lgan, yaxshi natijalarga erishgan. Lekin bu meni tanqid qilishga sabab bo'la olmaydi. Bu masalaga aniqlik kiritmasam bo'lmasdi. Terma jamoa ichida “kalamush” bo'lgani sababmi noto'g'ri ma'lumotlar ko'payib ketdi” - dedi Kannavaro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia