FIFA JCH-2026 tufayli rekord darajadagi 15 milliard dollar ishlab topdi. Dastlab 11 milliard daromad kutilgan edi

19 iyul 2026, 14:32
FIFAning JCH-2026 mezbonlik qilishdan olgan daromadi kutilganidan ham yuqori bo'ldi.

Xalqaro futbol federatsiyasi rekord darajadagi 15 milliard dollarlik daromadni e'lon qiladi. Dastlab tashkilot rahbariyati daromadni 11 milliard dollarga prognoz qilgan edi.

Manbalarga ko'ra, yakuniy daromad asosan o'yin chiptalarini sotish va qayta sotish tufayli kutilganidan oshib ketgan. Chiptalarni qayta sotishda FIFA xaridordan ham, sotuvchidan ham 15% miqdorida komissiya oladi.

Daromadning yana bir yirik moddasi mehmondo'stlik yo'nalishidagi xizmatlar bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian