Manba: "Andijon" klubining FIFA taqiqi bilan bog'liq vaziyatida muammo to'liq hal etilmagan

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2026, 18:16
Yaqinda "Andijon" matbuot xizmati jamoadan FIFAning transfer taqiqi olib tashlangani haqida xabar tarqatgan edi.

Biroq Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, FIFA rasmiy platformasida klubga nisbatan belgilangan taqiq hamon o'z kuchida turibdi.

Jurnalistdagi ma'lumotlarga ko'ra, buning sababi – "Andijon" klubidan bitta taqiq echilishi bilan, boshqa bir futbolchi oldidagi to'lanmagan qarzdorlik masalasi sababli jamoaga nisbatan yana yangi taqiq tushgan.

Demak, "Andijon" klubi yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi uchun dastlab mazkur yangi qarzdorlik masalasini ham to'liq bartaraf etishi talab etiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla