MYUdan boshqasi "Arsenal"ni to'xtata olmayapti

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Londonning "Arsenal" klubi oxirgi vaqtlarda dahshatli formaga kirib oldi.

Mikel Arteta shogirdlari barcha musobaqalarni hisobga olgan holda o'tkazilgan so'nggi 16 ta o'yinning faqat bittasida mag'lubiyatga uchrashdi.

"Kanonirlar"ning natijalari:

- 16 o'yinda 12 ta g'alaba va 3 ta durang;

- Yagona mag'lubiyat APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda (2:3) qayd etilgan.

Bugun londonliklar Angliya liga Kubogi javob bahsida "Chelsi"ni mag'lub etib (1:0), musobaqa finaliga yo'l oldi. Jamoa nafaqat natija, balki o'yin sifati bo'yicha ham ayni damda Yevropadagi eng kuchlilardan biri bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru