"Lokomotiv" ustozi Ivanovning "Andijon"ga jarimadan urgan goliga: "U bu borada mutaxassis"

Iskandarov Abdulaziz
8 noya 2026, 10:00
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 27-turida "Andijon" mehmoni bo'ldi.

O'yinda "temiryo'lchilar" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoaning gollaridan biriga Nikolay Ivanov mualliflik qildi, uning jarimadan tepgan to'pi to'g'ri raqib darvozasi to'ridan joy oldi. Uchrashuvdan so'ng "Loko" ustozi Mirko Yyelichich mazkur golga munosabatini bildirdi.

"U bu borada mutaxassis. Bu mavsumda u bunday vaziyatlardan ko'proq gol urishi kerak edi. Umuman, jamoa standart vaziyatlardan unchalik yaxshi foydalana olmadi. Shuning uchun bugun bitta gol urilgani quvonarli. Uning bu borada texnikasi juda yaxshi, mashg'ulotlarda ham ko'p ishlaydi. Gol urganidan xursandman",- deydi Mirko Yyelichich.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia