Formula-1 poygachisi "Arsenal" a'zosi Deklan Raysni APL chempionligi bilan tabrikladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 14:50
"Maklaren" jamoasi a'zosi, Formula-1ning amaldagi chempioni Lando Norris "Arsenal"ning Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.

26 yoshli britaniyalik poygachi londonliklarning 27 yoshli yarim himoyachisi Deklan Raysning Instagramdagi tarixini (story) o'z sahifasiga repost qildi.
Norris ushbu suratga: "Tabriklayman, aka! Chempionlar", - deya izoh qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyi boshida Deklan Rays Formula-1 jamoasining qarorgohiga tashrif buyurgan va poygachi bilan yaqindan do'stlashib olgan edi. Ushbu uchrashuv "Arsenal" klubi tomonidan suratga olinayotgan "Raising The Bar" serialining ikkinchi qismi doirasida tashkil etilgan. O'shanda Rays Formula-1 simulyatori ruliga o'tirib, o'zini sinab ham ko'rgandi.
Qizig'i shundaki, Lando Norrisning o'zi APLda "Manchester Yunayted" jamoasiga muxlislik qilishini avvalroq tan olgan.
Ma'lumot uchun, Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Manchester Siti"ning "Bornmut" bilan durangidan so'ng, mavsum tugashiga bir tur qolganda rasman chempionlikni naqd qildi. Bu londonliklar uchun so'nggi 22 yil ichidagi ilk APL chempionligi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com