Ferdinand “Barselona”ga nega o'tmaganini oshkor qildi

Eldor Akmurzayev
9 apr 2020, 19:40
MYUning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand 2008 yil “Barselona”da paydo bo'lish ehtimoli bo'lganini haqida gapirdi.

“Barselona”ga juda yaqin edim. Agentim bilan muzokaralar o'tkazildi va men Frank Raykard bilan uchrashdim. Bu “Barselona”ga qarshi 0:0 oynaganimizdan keyin, tribuna ostidagi maxsus joyda bo'lgandi. Men doim xorijda o'ynashni xohlashim haqda aytardim, ammo vatanimdagi muvaffaqiyatlar meni to'xtatishi mumkin edi. “Manchester Yunayted”dek klubda o'ynash baxtiga muyassar bo'lgandim, u erni tark etishning deyarli imkoni yo'q edi.

Keyin esa biz “Barselona” to'sig'idan o'tib, Chempionlar Ligasida zafar qozondik. Xo'sh, nega qayta shakllanayotgan Yevropaning eng kuchli jamoasini tark etishim kerak edi? O'sha vaqt, Xavi, Inesta va Messi 4 yildan keyingi darajasida emasdi”, deydi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal