

"Ikkinchi davrada ko'proq hujumkor o'yin ko'rsatmoqdamiz. Jamoamiz o'yin tomonlama o'zgardi, deya olaman. Murabbiylar ham yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlari vaqtida yangicha taktikani sinab ko'rishdi. Ular bergan ko'rsatmalarni imkon qadar bajarishga harakat qilmoqdamiz
Futbolchi sifatida "Andijon"da tanilganman. Jamoaning o'yinlarini iloji boricha o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Bo'lmasa ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzataman. "Andijon" o'z muxlislari uchun ham Superligaga qaytishi kerak",- deydi Farhod Bekmuratov.




